7-mart kuni metan «zapravka»lar faqatgina 6 soat davomida ishlaydi

eʼlon qilindi
Soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi
Foto: Energetika vazirligi

7-mart kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik ushbu chora gaz ta’minotining holatidan kelib chiqib, ish rejimini cheklashga majbur boʻlganini ta’kidladi.

Fargʻona vodiysida esa «zapravka»larining ish vaqti mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda gaz bosimi darajasiga qarab belgilanadi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, gaz bosimi pasaygan paytlarda birinchi navbatda aholi, jamoat transporti va ijtimoiy obyektlarga tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minotning ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, 6-mart kuni metan «zapravka»lar faqatgina ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun ishlagan edi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi «zapravka»larda 1-apreldan benzin faqat karta orqali sotilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek