Bayram va dam olish kunlari 21 ta bank ishlaydi — ro‘yxat

7 – 9-mart kunlari 21 ta tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shanba, yakshanba va dushanba kunlari bank boʻlimlarida mijozlar xorijiy valyutani sotib olish va sotish, shuningdek, pul oʻtkazmalarini amalga oshirishlari mumkin.
SQB;
BRB;
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida onlayn operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Eslatma: xizmat vaqti boʻyicha ma’lumotlarni toʻgʻridan toʻgʻri tegishli banklarning rasmiy sahifalari yoki aloqa markazlaridan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qancha oʻzgargani haqida xabar bergan edi.