Xitoy milliarderlar soni boʻyicha AQShni ortda qoldirdi

Xitoy milliarderlar soni boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlarini ortda qoldirib, yana dunyoda yetakchiga aylandi. Bu haqda Hurun Global Rich List 2026 hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobotga koʻra, dunyodagi milliarderlar soni ilk bor 4 minglik chegaradan oshdi. Xitoyda 1,1 ming nafar milliarder istiqomat qiladi. Bu oʻtgan yildagiga nisbatan 287 kishiga koʻp. AQSh 1 ming nafar milliarder bilan ikkinchi oʻrinni egalladi (+130). Hindiston esa 308 milliarder bilan reytingning uchinchi pogʻonasida qayd etildi.
Keyingi oʻrinlarda Germaniya, Buyuk Britaniya va Shveysariya joylashgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yildagiga nisbatan 10 kishiga koʻp. Shuningdek, Avstraliya, Singapur va Kanada ham eng koʻp milliarderlar yashaydigan davlatlar oʻntaligiga kirdi.
Sayyoraning eng boy odami sifatida ketma-ket oltinchi yil amerikalik tadbirkor Ilon Mask yetakchilik qilmoqda. Uning boyligi $792 mlrd deb baholangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan milliarderlarning boyligi tarixiy rekord darajaga yetgani haqida xabar bergan edi.