
O‘zbekistonning 18 yoshgacha bo‘lgan xokkey terma jamoasi jahon chempionatining uchinchi divizioni «A» guruhida g‘olib bo‘ldi. Musobaqa Gonkong shahrida bo‘lib o‘tdi.
Hal qiluvchi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Isroil U18 xokkey terma jamoasi ustidan 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va turnir oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida o‘zbekistonlik xokkeychilar barcha besh o‘yinda g‘alaba qozondi. Natijada jamoa keyingi mavsumda ikkinchi divizionning «B» guruhida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Sportchilar ushbu muhim g‘alabani 8-mart bayramiga bag‘ishladi. Terma jamoani tantanali kutib olish marosimi 10-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Kursiv Uzbekistan nashri AQSh 46 yildan keyin yana xokkey bo‘yicha Olimpiya chempioniga aylangani haqida yozgan edi.