O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatiladi

9-mart kuni O‘zbekistonning bir qator hududlari hamda tog‘li zonalarda shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi 22-25 m/s gacha yetib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.

Shamolning asosiy kuchayishi, asosan, kunduzgi vaqtga to‘g‘ri kelishi ta’kidlangan. Toshkent shahrida ham ob-havo o‘zgarishi kutilmoqda. Poytaxtda kechasi shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bahorning ilk kunida O‘zbekistonning qaysi hududlarida qor yog‘ishi haqida xabar bergan edi.