Germaniya g‘arbida turarjoy binolariga meteorit quladi

eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida bir nechta uyning tomi shikastlandi
Foto: skyatnightmagazine.com

8-mart kuni Germaniyaning g‘arbiy hududlarida meteorit qulashi kuzatildi va uning parchalari qator turarjoy binolariga zarar yetkazdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, soat 19:00 atrofida Reynland-Pfals yeri, xususan, Koblens shahri hamda Xunsryuk va Ayfel tog‘ massivlarida uylarning tomlari shikastlangan. Koblensning Gyuls tumanidagi uylardan birining tomiga yongan osmon jismi qulagan.

Foto: 5VISION.NEWS / IMAGO

Shu kuni kechqurun Quyi Saksoniya, Gessen, Saar, Baden-Vyurtemberg va boshqa hududlar aholisi osmonda yorqin nurli obyektni ko‘rgan. Qator fuqarolar buni raketa parvozi deb taxmin qilishgan. Kayzerslautern huquq-tartibot idoralari aholi xavfsizligiga hech qanday tahdid yo‘qligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yanvarida Berlin atrofida diametri qariyb 1 metr bo‘lgan meteorit qulagan edi. Shuningdek, 2023-yili Shlezvig-Golshteyn yeriga 15 ga yaqin meteorit tushgan bo‘lib, ularning 3,7 kilogrammlik eng yirik parchasi uchun kolleksionerlar 200 ming yevro taklif qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzekistan Mars meteoriti kimoshdi savdosiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek