Angliya kubogiga qur’a tashlandi: «Siti» «Liverpul»ga qarshi

10-mart 2026 09:59 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: The Independent

Angliya kubogi chorak final bahslariga qur’a tashlandi. Musobaqaning markaziy o‘yinida «Manchester Siti» va «Liverpul»ni kuch sinashadi.

Xosep Gvardiola shogirdlari nimchorak finalda «Nyukasl»ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma olgan edi. Ularning raqibi «Liverpul» ham xuddi shunday hisobda «Vulverhempton» ustidan g‘alaba qozongan. Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan ushbu to‘qnashuv turnirning yarim final ishtirokchilarini aniqlab beradi.

Foto: Telegram

Qur’a natijalariga ko‘ra, uchinchi liga autsayderi «Port Veyl» o‘z maydonida «Chelsi»ga qarshi o‘ynaydi. Premyer-liga peshqadami «Arsenal» esa Chempionship vakili «Sautgempton» bilan mehmonda kuch sinashadi. «Lids» esa «Vest-Hem»ga qarshi maydonga chiqadi.

Foto: Telegram

«Manchester Siti»ni mart va aprel oylarida o‘ta murakkab va tig‘iz uchrashuvlar kutib turibdi. Jamoa 11-martdan 19-aprelga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida «Real Madrid» bilan ikki marta, shuningdek, «Arsenal», «Liverpul» va «Chelsi» klublariga qarshi ketma-ket maydonga tushishi lozim. Ular Chempionlar ligasi hamda barcha ichki turnirlarda TOP-jamoalarga qarshi sinovdan o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» o‘z maydonida «Nottingem Forest» bilan durang qayd etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek