Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi uchun HAACP tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Barcha mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalashdan o‘tadi
Foto: Getty Images

2028-yildan boshlab biologik faol qo‘shimchalarga ruxsat berishda HAACP tizimi joriy etiladi va barcha mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalashdan o‘tadi. Bu haqda prezident farmonida keltirildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 1-iyunidan boshlab farmatsevtika va boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalar, istisno tariqasida soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik miqdori belgilangan limitdan oshmagan hollarda, shuningdek, yuqori miqdordagi qarzdorlik bo‘lsa, qarzdorlik shakllangan kundan boshlab 10 kun ichida davlat xaridlarida ishtirok etishga ruxsat oladi.

Shu bilan birga, 2028-yil 1-yanvardan boshlab biologik faol qo‘shimchalarga ruxsat berishda Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HAACP) tizimi joriy etiladi va barcha mahsulotlar majburiy raqamli markirovkalashdan o‘tadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot Instituti va «Sharq Tabobati» ilmiy-tadqiqot institutlari asosida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan farmatsevtikada 100 ming dollargacha bo‘lgan ayrim xarajatlar qoplab berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek