O‘zbekistonda bu yilgi Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi

2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Navro‘z bayramini munosib nishonlash uchun «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!» degan ezgu g‘oya asosida tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy va targ‘ibot tadbirlarining dasturi tasdiqlandi va uning amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Bayram Ramazon hayiti bilan hamohang tarzda o‘tkazilib, Mehribonlik, Saxovat va Muruvvat uylarida yashayotgan shaxslar holidan xabar olish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida umumxalq hashari va «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyalari tashkil etiladi.
Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari ham o‘tkaziladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri o‘zbekistonliklar Navro‘z bayramida necha kun dam olishi haqida yozgandi.