Tashanovga ma’muriy ish ochildi, APL futbolchilarining narxlari yangilandi — 10-mart kungi yangiliklar dayjesti

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi
Агротуристическая зона на 500 га появится в Кашкадарье
Foto: Uzbekistan Travel

Tashanovga ma’muriy ish ochildi, APL futbolchilarining narxlari yangilandi — Kursiv Uzbekistan 10-mart kuni e’lon qilingan yangiliklarning muhimlarini bir joyga jamladi.

Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarlik narkotikni sotayotganda qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida aniqlangan. Tezkor tadbir davomida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro avvaldan tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan olib kelingan 14 kg 680 gramm opiyni shartli xaridorga $180 mingga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

O‘zbekistonda bu yilgi Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi

navro'zda sumalak
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi. Bayram Ramazon hayiti bilan hamohang tarzda o‘tkazilib, Mehribonlik, Saxovat va Muruvvat uylarida yashayotgan shaxslar holidan xabar olish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida umumxalq hashari va «Men ham ko‘chat ekaman» aksiyalari tashkil etiladi.

Abdurahmon Tashanovga ma’muriy ish ochildi

Abdurahmon Tashanovga ma’muriy ish ochildi
Foto: «Ezgulik»

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati asoschisi va raisi Abdurahmon Tashanovga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Tashanovning yozishicha, O‘zbekiston harbiy prokurori, polkovnik Otabek Xolboyevning 2026-yil 28-fevraldagi qaroriga ko‘ra, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202(2)-moddasi 1-qismi, ya’ni yolg‘on xabar tarqatish moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki surishtiruv respublika Harbiy prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tergovchisi, podpolkovnik Timur Muhitdinov tomonidan olib borilgan.

Dollar tushdi: 11-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

Курс доллара США 11 марта
Foto: Unsplah

11-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 55,28 so‘mga oshib, 14 166,65 so‘mni, rubl 0,22 so‘mga tushib, 153,98 so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekistonda 45 ta jinoiy guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi

Ekran tasviri

Joriy yilning yanvar va fevral oylarida O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 45 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyati bartaraf etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Respublika bo‘ylab jami 6 mingta maxsus tezkor tadbir, jumladan, 806 ta tonggi yo‘qlama va 2,8 mingta tintuv o‘tkazilgan. Natijada qidiruvda bo‘lgan 533 nafar shaxs ushlanib, javobgarlikka tortilgan. Ikki oy davomida jami 3,1 mingta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2,9 ming kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 980 nafar shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

APL futbolchilarining narxlari yangilandi: Husanov-chi

Foto: mancity.com

Transfermarkt portali Angliya Premyer ligasida harakat qilayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer qiymati o‘zgarishsiz qolib, 35 mln yevroni tashkil etmoqda.

Toshkent — Dubay yo‘nalishidagi yana bir qator reyslar bekor qilindi

O‘zbekistonliklar eng kam sayohat qiladigan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Centrum Air aviakompaniyasi 12 – 13-mart kunlari Toshkent — Dubay — Toshkent yo‘nalishidagi C6351 va C6352 reyslari bekor qilinganini ma’lum qildi. Aviakompaniya bekor bo‘lgan reyslar yo‘lovchilariga aviachipta pulini to‘liq qaytarish yoki jarimasiz boshqa sanaga qayta bron qilish imkoniyati berilishini bildirdi.

Eronning yangi oliy rahnamosi yaralangani aytilmoqda — OAV

Eronning yangi oliy rahnamosi yaralangani aytilmoqda — OAV
Foto: BBC

Eron davlat televideniyesi Mojtaba Xomanaiyni «Ramazon oyining Jaanbazi [yarador urush faxriysi]» deb atadi. Iran International xabariga ko‘ra, u davom etayotgan urushda yaralangan bo‘lishi mumkin. Tehron hozircha voqea tafsilotlarini rasman oshkor qilmadi va mamlakat rahbari qayerda va qanday sharoitda yaralanganini izohlamagan

Ta’siri kuchli dorilarning retseptsiz savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi

Ta’sir kuchli dori vositalari savdosi uchun javobgarlik kuchaytirildi
Foto: Pexels.com

Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 100 baravaridan 200 baravarigacha etib belgilandi (ilgari BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha edi).

Yaqin Sharqdan qancha o‘zbekistonlik qaytarildi

Yaqin Sharqdan qancha o‘zbekistonlik qaytarildi
Foto: Uzbekistan airways

10-mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga jami 25 ming nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p fuqaro Saudiya Arabistonidan qaytarilgan. Ushbu davlatdan 21 ming nafar o‘zbekistonlik vatanga olib kelingan. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklaridan 3,5 ming nafar, Erondan 47 nafar, Qatardan 394 nafar, Bahrayndan 27 nafar hamda O‘mondan 7 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.

Shuningdek