Avstraliya Yaqin Sharqqa harbiy samolyot va raketalar yuboradi

Avstraliya Yaqin Sharqqa harbiy kuzatuv samolyoti yuboradi va BAAga raketalar yetkazib beradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albanezega tayanib, Reuters ma’lum qildi.
Albanezening so‘zlariga ko‘ra, Avstraliyaning harbiy texnikalar ko‘rfaz mamlakatlariga Eron tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumlardan himoyalanishga yordam beradi. U Avstraliya mojaroda faol tomon emasligini va mamlakat ishtiroki faqat mudofaa maqsadiga qaratilganini ta’kidladi.

Bosh vazirning aytishicha, Avstraliya Boeing kompaniyasi ishlab chiqargan E-7A Wedgetail erta ogohlantirish va havo nazorati tizimiga ega samolyotlardan birini dastlabki to‘rt hafta davomida Yaqin Sharq mamlakatlari havo hududini himoya qilish uchun yuboradi. Shuningdek, u BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng mamlakatga o‘rta masofali raketalari yetkazib berilishini ham ma’lum qilgan.
Mojaro kuchayishi ortidan jahon nefti va suyultirilgan gazining qariyb beshdan bir qismi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozi amalda yopilib qolgan. 9-mart holatiga Yaqin Sharq davlatlari o‘rtasidagi harbiy mojarolar oqibatida mintaqada 1764 kishi halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mojaro boshlangandan beri Yaqin Sharqdan jami 25 ming nafar o‘zbekistonlik qaytarilgani haqida yozgan edik.