Neft va gaz sohasida 11 ta yangi quduq ishga tushirildi

eʼlon qilindi
471 kvadrat kilometr maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari olib borilgan
Foto: «O‘zbekneftgaz»

Neft va gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, yangi konlarni aniqlash hamda qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon 471 kvadrat kilometr maydonda 3D seysmik qidiruv ishlari olib borilgan. Shuningdek, 11 ta yangi quduq ishga tushirilgan, 20 ta quduqda ta’mirlash ishlari bajarilgan hamda 5 ta texnologik tadbir amalga oshirilgan.

Yig‘ilishda sohada operatsion samaradorlikni oshirish, korxonalarning xarajatlarini optimallashtirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qashqadaryoda «G‘elon» xalqaro kurorti va yangi tog‘ turizm markazlari barpo etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» 50 kunda 1 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ni tejagani haqida ham xabar berilgandi. Jumladan, «Dolzarb 100 kunlik» dasturining dastlabki ikki oyida sarf-xarajatlarni optimallashtirish orqali 1,1 trln so‘m mablag‘ni iqtisod qildi.

O‘tgan davrda 3D seysmika natijalari asosida yangi istiqbolli maydonlar aniqlanib, izlov-qidiruv quduqlari burg‘ilandi. Joriy yilda 103 ta quduq burg‘ilash rejalashtirilgan, shundan 58 tasi izlov-qidiruv, 45 tasi ishlatish quduqlari hisoblanadi.

Shuningdek