UzAuto Motors kompaniyasining foydasi 100 mlrd so‘mga kamaydi

eʼlon qilindi
Kompaniyaning umumiy daromadi 35,4 trln so‘mni tashkil etgan
UzAuto Motors kompaniyasining foydasi qanchaga kamaydi
Foto: UzDaily

«UzAuto Motors» AJning 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyidagi foydasi 2,6 trln so‘mni tashkil etdi. Uning sof foydasi 2024-yilning mos davriga nisbatan 100 mlrd so‘mga kamaygan.

Openinfo ma’lumotlariga ko‘ra, UzAuto Motorsning umumiy daromadi 35,4 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 5,2 trln so‘mga yoki 15 foizga kamaydir.

Openinfo saytidan ekran tasviri

Hisobot davrida kompaniya xarajatlari 4,3 trln so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 504 mlrd so‘mga oshgan. Uning tarkibida sotish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning oshgani seziladi. Sotish xarajatlari 550 mlrd so‘mga ko‘paygan, bu esa umumiy xarajatlarning ortishiga asosiy sabab bo‘lgan. Biroq ma’muriy xarajatlar 73 mlrd so‘mga qisqargan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda ishlab chiqilgan qaysi avtomobillar chet elga sotilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek