Birovning o‘rniga ro‘za tutsa bo‘ladimi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Saidahmad domla Saydaraliyev «Birovning o‘rniga ro‘za tutsa yoki fidya bersa bo‘ladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:
«Ibodatlarda har kim o‘zi mustaqil ibodat qiladi. Namoz, ro‘za kabi ibodatlarni har bir inson o‘zi qilishi kerak. Boshqaning ibodati boshqaning o‘rniga o‘tmaydi. Fidyaga keladigan bo‘lsak, o‘zi fidyani ham berishning tartibi bor. U odam mutlaqo bundan so‘ng ro‘za tuta olmaydigan holatda bo‘lsa, kasalligi bir umr davom etadigan kasallik bo‘lsa, ana o‘sha odam fidya beradi. Endi fidyani bu birodarlari, do‘stlari bildirmasdan berib qo‘yishligi mumkin emas, joiz emas. Ya’ni, aytish kerak. Hatto narigi tomon buyruq berish kerak, deydi ulamolar. Amr qilish kerakki, ya’ni, «Siz meni fidyomni to‘lab qo‘ying», deb amr qilgandan so‘ng, ana o‘shanda joiz bo‘ladi, o‘tadi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.
Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.