Bekatlardagi do‘koni buzilgan tadbirkorlarga turizm ko‘chalaridan joy beriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bo‘lim boshlig‘i Ollayor Norbo‘tayev ma’lum qildi
Toshkent bekatlaridagi do‘konlari buzilgan tadbirkorlarga turizm ko‘chalaridan joy beriladi — YHTEM
Foto: Kursiv Uzbekistan

Toshkent shahrida joylashgan avtobus bekatlaridagi do‘konlari buzilgan tadbirkorlarga turizm ko‘chalari yoki boshqa hududlardan joy beriladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) bo‘lim boshlig‘i Ollayor Norbo‘tayev ma’lum qildi, deb xabar berdi «Kursiv» muxbiri.

Norbo‘tayevga ko‘ra, poytaxtdagi har bir tuman hokimliklariga turizm ko‘chalarini tashkil etish topshiriqlari berilgan. Bu do‘konlari buzilgan tadbirkorlar uchun yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin.

Markaz mutaxassisining qayd etishicha, hozirda ajratib olingan 100 km yo‘l bo‘ylab qurilgan 120 ta do‘konning 60 tasi noqonuniy bo‘lgan. Ularning buzilishi sud qarori asosida amalga oshirilmoqda.

«Qaysi joyda do‘kon buzilgan bo‘lsa, sudning tegishli qarori asosida amalga oshirilgan», – deya ta’kidladi Norbo‘tayev.

Bundan oldin Kursiv Uzbekistan Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanish ulushi ikki baravar oshirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek