Tarovehga bormagan kishining ro‘zasi qabul bo‘ladimi

eʼlon qilindi
Fatvo markazi bosh mutaxassisi Hikmatulloh domla Toshtemirov javob berdi
2-mart, Ramazon
Foto: Getty Images

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Hikmatulloh domla Toshtemirov «Tarovehga bormagan kishining ro‘zasi qabul bo‘ladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Ramazon ro‘zasi farz, Qur’oni Karimda kelgan. Ramazonning endi qiyomi deydi bu, taroveh namozi sunnat. Payg‘ambarimiz alayhissalom va Hazrati Umardan qolgan bizga sunnat hisoblanadi. Ikkalasi bir-biriga bog‘liq emas. Buning qabul bo‘lishi uning qabuliga bog‘liq emas, lekin bu yerda bitta nuqta bor. Dinimizda ko‘p yengilliklar, kengchilik bor. Bu kishi charchab uxlab qolsa, uyg‘onganlaridan keyin saharlikdan oldin ham o‘qishlari mumkin tarovehni, o‘zlari. Jamoatga chiqolmasa ham, o‘zi ham o‘qishi mumkin. Endi bu kishiga o‘xshaganlarga aytyapmiz buni. Albatta, odatdagi kishilar, odatdagi sharoitdagi kishilar masjidga chiqib, jamoat bilan o‘qisa, u fazilat. Savobi katta. Lekin mana shunday holatlar bor. Hadisi shariflarda ham keladi, bir odam o‘zi nima deyotganini bilmaydigan darajada charchagan odam uxlasin-da, damini olib turib, keyin namozini o‘qisin, deydilar. Ya’ni, namoz vaqti keng bo‘lsa, namoz vaqti chiqib ketmaydigan bo‘lsa, shunday holatda charchoq bilan o‘qigandan ko‘ra dam olib, kuch yig‘ib o‘qigan afzal. Bu kishining holatida ham shu, kelib charchab uxlab qolsalar, bir-ikki soatdan keyin turib, saharlikdan oldin ham o‘sha qo‘lidan kelgancha tarovehni o‘qishi mumkin. Xullas, aytmoqchimizki, sunnatni ham tark qilib qo‘ymasinlar. Farzni, alhamdulillah, farzni tutib savobiga ega bo‘ladilar, lekin sunnat ham qolib ketmasin. Imkon darajasida», — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud. 

Shuningdek