Abduqodir Husanov nima uchun «Real»ga qarshi asosiy tarkib o‘ynadi

13-mart 2026 17:57 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: sports.uz

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Real» jamoasiga qarshi o‘yinda Abduqodir Husanovni o‘ng qanot himoyasi pozitsiyasiga qo‘yish qaroriga oydinlik kiritdi.

«Yagona o‘zgarish Husanov bilan bog‘liq bo‘ldi, chunki Vinisius aynan shu hududda tez-tez paydo bo‘ladi va biz ushbu maydon qismini nazorat qilishimiz kerak edi», — dedi Gvardiola.

Kataloniyalik mutaxassis avvalgi uchrashuvlardagi tajribasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Nyukasl»ga qarshi bahsda 11 nafar boshqa futbolchi tushirilib, muvaffaqiyatli rotatsiya qilingan.

«Rejaning bir qismi qanot o‘yinchilari chuqurroq tushishi, markazdagi futbolchilar bo‘sh zonalar topishi va to‘pni hujumchilarga yetkazishidan iborat edi. Shu bilan birga, orqa chiziqda tajribali va tezkor o‘yinchilardan foydalanish kerak edi», — deya xulosa qildi bosh murabbiy.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov zaxiradan qo‘shilgan o‘yinda «Manchester Siti» durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek