Google Maps’da yangi sun’iy intellekt funksiyalari paydo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Funksiya bosqichma-bosqich joriy etilmoqda
Google Maps’da yangi sun’iy intellekt funksiyalari paydo bo‘ladi / Foto: YouTube

Google kompaniyasi Google Maps ilovasiga Gemini sun’iy intellekti asosida ishlaydigan yangi funksiyalar qo‘shilishini e’lon qildi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

Yangilanishlar qatorida «Ask Maps» suhbat funksiyasi hamda yangilangan «Immersive Navigation» navigatsiya tizimi taqdim etildi.

Foto: Google Maps

«Ask Maps» funksiyasi foydalanuvchilarga tabiiy til orqali savollar berish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu funksiya sayohatni rejalashtirishda ham yordam beradi. Foydalanuvchi yo‘l bo‘yidagi manzillar haqida so‘raganda, ilova yo‘nalishlar va yetib borish vaqtini ko‘rsatadi.

Google ma’lumotiga ko‘ra, «Ask Maps» javoblarni shaxsiylashtirish uchun foydalanuvchining qidiruvlari va saqlangan joylari kabi ma’lumotlardan foydalanadi. Funksiya hozirda AQSh va Hindistonda Android hamda iOS qurilmalarida joriy etilmoqda.

Yangilangan «Immersive Navigation» funksiyasi xaritada 3D ko‘rinishni taqdim etadi. Unda atrofdagi binolar va yo‘l bo‘laklari, piyodalar o‘tish joylari hamda svetoforlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek, ilova muqobil yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot beradi va yo‘ldagi qurilish ishlari yoki avariya kabi holatlar haqida ogohlantiradi. Yangi navigatsiya tizimi AQShda bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nano Banana SI vositasi Maps ilovasiga integratsiya qilinishi haqida yozgan edik.

Shuningdek