Ikkita universitetga yangi rektorlar tayinlandi

eʼlon qilindi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan
Ikkita universitetga yangi rektorlar tayinlandi / Foto: O‘zA

Farg‘ona davlat texnika universiteti va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga yangi rektorlar tayinlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Tojiyev Rustambek Rasulovich Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Madraximova Feruza Ruzimbayevna Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Fezuza Madraximova bunga qadar Urganch davlat pedagogika instituti rektori sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IT Park Uzbekistan’ga yangi bosh direktori tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek