Dollar hafta davomida qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Dollar narxi hafta davomida 88,86 so‘mga tushdi
Курс доллара в Узбекистане пошел на спад: -50 сумов за день
Foto: Giorgio Trovato / Unsplash

AQSh valyutasi hafta davomida turlicha o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan maqolasida dollar hafta davomida qanday o‘zgargani haqida so‘z boradi.

10-mart, haftaning boshida dollar 15,72 so‘mga oshib, 12 191,25 so‘mni tashkil etdi. Shundan keyin 11-mart kunidan boshlab hafta oxirigacha AQSh valyutasida faqat pasayish kuzatildi.

Xususan, 11-mart kuni 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni, 12-mart kuni 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni va 13-mart kuni esa yana 33,37 so‘mga tushib, 12 102,39 so‘mni qayd etdi. Jami hisobda dollar narxi hafta davomida 88,86 so‘mga tushdi.

Valyuta birjasi saytidan ekran tasviri

Savdo hajmi qanchani tashkil etdi

Valyuta birjasining har kunlik e’lon qilingan hisobotlariga ko‘ra, hafta davomida jami 8,52 trln so‘mlik dollar savdosi amalga oshirildi.

Xaridlar hajmining jadvali:

KunSavdo hajmi (trln so‘m)
10-mart2,49
11-mart1,16
12-mart0,93
13-mart3,94
Jami8,52

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan avvalroq 16-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi

Shuningdek