15-mart kuni metan «zapravka»lar soat 16:00 gacha ishlaydi
eʼlon qilindi
Farg‘ona vodiysida ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi

Bugun, 15-mart kuni metan «zapravka»lar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Farg‘ona vodiysida metan «zapravka»larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik 14-martdan boshlab respublikadagi barcha metan «zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklanishi haqida xabar bergan edi.
Ammo 14-mart kuni ham «zapravka»lar faqat soat 12:00 dan 16:00 gacha xizmat ko‘rsatdi.