Oq xalat, robot it va «fiksik»: Qozog‘istonda referendum qanday o‘tmoqda

eʼlon qilindi
Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda
Oq xalat, robot it va «fiksik»: Qozog‘istonda referendum jarayoni qanday o‘tmoqda
Foto: mgorod.kz

Bugun, 15-mart kuni Qozog‘istonda yangi Konstitutsiyani qabul qilish masalasi bo‘yicha referendum boshlandi. Kursiv Qozog‘iston yozishicha, ayrim saylovchilar saylov uchastkalariga noodatiy liboslarda kelib, e’tibor markaziga aylandi. Turli hududlarda fuqarolar ovoz berish jarayonini qiziqarli ko‘rinishga aylantirdi.

Masalan, Ostona shahrida bir qiz saylov uchastkasiga oq xalat va uy shippaklarida, yonida esa robot it bilan keldi. Robot it uni ro‘yxatdan o‘tishdan tortib, byulletenni qutiga tashlaguncha kuzatib yurgan.

Девушка в халате пришла голосовать с роботом-собакой #казахстан #новости #хабар24 #24kz #референдум

Ural shahrida esa bir kishi mashhur «Fiksiklar» multfilm qahramoni Nolik libosida ovoz berdi. U buni mamlakatni katta mexanizmga o‘xshatib, har bir fuqaro uning muhim qismi ekanini ta’kidlash bilan izohladi.

Foto: mgorod.kz

Olmaotada 18 yoshli talaba Nursulton Dadil referendumda ilk bor ovoz berishga ijtimoiy tarmoq Threads ramzi tushirilgan kostyumda kelgan. U ijtimoiy tarmoqlarda bahslashish o‘rniga saylovda ishtirok etishni ma’qul ko‘rganini aytdi.

Video: Kursiv Qozog‘iston

Shuningdek, ayrim saylov uchastkalarida film qahramonlari libosidagi saylovchilar ham ko‘rindi. Ayrim joylarda saylovchilarni burgut kostyumidagi animatorlar kutib oldi.

Foto: RSK

Boshqa hududlarda ham qiziqarli holatlar kuzatildi. Ba’zi fuqarolar milliy kiyimlarda ovoz berdi, ayrimlari esa retro avtomobillarda saylov uchastkalariga keldi. Ba’zi saylovchilar ayiq va «Oltin odam» libosida ham ko‘rinish berdi.

Ovoz berish jarayonlari soat 20:00 ga qadar davom etadi va undan keyin, ya’ni saylov uchastkalari yopilganidan so‘ng darhol ovozlarni sanash boshlanadi. Referendum yakunlari Markaziy referendum komissiyasi tomonidan maxsus majlisda chiqariladi. Shundan so‘ng natijalar bayonnoma shaklida rasmiylashtirilib, ommaviy axborot vositalarida rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning yangi konstitutsiya loyihasida rus tili va undan foydalanishga oid qism o‘zgartirilgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, loyihaning 9-moddasida davlat tashkilotlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida qozoq tili bilan teng ravishda rus tilidan ham rasmiy foydalanilishi qayd etilgandi. Endilikda ushbu moddada ishlatilgan «teng» so‘zi «qatorida» so‘ziga almashtiriladi. Ya’ni rus tili qozoq tili bilan teng maqomda emas, balki «qozoq tili qatorida» qo‘llanadi.

Shuningdek, yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum xarajatlari avvalgi ovoz berish jarayonlariga nisbatan qimmatroqqa tushishi taxmin qilinmoqda. Bunda asosiy xarajatlarning 70 – 80 foiz qismini komissiya a’zolari maoshi tashkil etadi.

Shuningdek