Jarohatlanganlar yo‘q — Park in Mall’da yong‘in yuz berdi

eʼlon qilindi
Hodisa savdo majmuasining uchinchi qavatida yuz bergan
Jarohatlanganlar yo‘q — Park in Mall’da yong‘in yuz berdi
Foto: FVV

15-mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in haqida xabar soat 13:18 da kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga bir daqiqada yetib kelgan.

Video: Militsiya uzb

Yong‘in soat 13:28 da to‘liq o‘chirildi. Hodisa savdo majmuasining uchinchi qavatida yuz bergan.

Yong‘in oqibatida taxminan 25 kvadrat metr maydon zarar ko‘rgan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Video: Militsiya Uzb

Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobodda qurilayotgan turarjoy binosida yong‘in yuz bergandi. Voqea joyida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida binoning ikkinchi qavatida faqatgina qurilish materiallari yonib zararlangani aniqlangan.

Shuningdek