1-sentabrdan loyiha institutlari reytingi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Loyiha institutlari va tashkilotlari ishonchlilik darajasiga ko‘ra «yuqori», «o‘rta» va «past» toifalarga ajratiladi
Qashqadaryo va Qoraqalpog‘iston hokimliklar ichida yetakchi — Jamoatchilik kengashlari reytingi tuzildi
Foto: Facebook

O‘zbekistonda 1-sentabrdan loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiquvchi loyiha institutlari va tashkilotlari uchun maxsus reyting tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi tizimga muvofiq, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish jarayonida bir qator yangiliklar tatbiq etiladi. Jumladan, yirik va mega loyihalar hamda ilgari ijobiy xulosa olgan loyihalarga o‘xshash loyihalar uchun hujjatlarning tayyor bo‘lgan bo‘limlarini parallel tarzda ekspertizadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, agar taqdim etilgan loyiha ilgari Markaz tomonidan ko‘rib chiqilgan loyihaga o‘xshash bo‘lsa, Markaz taklifiga binoan loyihaoldi hujjatlari tezlashtirilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi.

Reyting ularning faoliyati davomida ishlab chiqilgan hujjatlar bo‘yicha o‘tkazilgan kompleks ekspertiza natijalariga qarab shakllantiriladi.

Mazkur tizimda loyiha institutlari va tashkilotlari ishonchlilik darajasiga ko‘ra «yuqori», «o‘rta» va «past» toifalarga ajratiladi. Reyting maxsus platformada joylashtirilib, doimiy ravishda yangilanib boradi.

Bundan tashqari, o‘rta, yirik va mega loyihalar uchun loyiha institutlarini tanlashda faqat «eng arzon narx» mezoni qo‘llanilmaydi. Endilikda tanlov jarayonida «sifat, tajriba va narx» mezonlari majburiy hisoblanadi.

Shu bilan birga, loyiha tashkilotlari hamda tashabbuskor buyurtmachilarni rag‘batlantirish choralarini joriy etish ham rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi joriy etilishi haqida yozgandi.

Shuningdek