O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natdi

16-mart kuni O‘zbekiston Eron xalqini qo‘llab-quvvatlash maqsadida insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, yordam karvoni tarkibiga bir qator oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan. Jumladan, un, guruch, shakar, makaron, kungaboqar yog‘i hamda turli konservalar yuborilgan. Bundan tashqari, insonparvarlik yukiga dori-darmonlar va tibbiy vositalar ham qo‘shilgan.







Yuk Eron hududiga yetkazilib, rasmiy tarzda topshirildi. Uni qabul qilish marosimida Daregaz shahri rahbari Mujtaba Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi vakili Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mojtaba Ruzbexani ishtirok etdi.
Marosim davomida eronlik rasmiylar ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Eron dushmanlarga ma’lumot yetkazgan 500 kishini hibsga olgani haqida yozgandi.