Ro‘za tutib farz namozlarni o‘qimasa bo‘ladimi

eʼlon qilindi
Habibulloh domla Abdulg‘affor javob berdi
Ramazon
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Habibulloh domla Abdulg‘affor «Ramazon ro‘zasini tutib, farz namozlarini o‘qimasa, dinimizda bunga qanday qaraladi va Xufton namozini o‘qimasdan taroveh o‘qisa bo‘ladimi?» degan savolga quyidagicha javob berdi:

«Xo‘p, bu ikkinchi savolga keladigan bo‘lsak, albatta, taroveh xufton namozidan keyin o‘qiladi, joriy bo‘ladi. Xufton o‘qimasdan turib o‘qiydigan bo‘lsa, misol, uning vaqti xuftondan keyin bo‘lganligi uchun nodurust hisoblanadi. Endi namoz va ro‘zaga keladigan bo‘lsak, hech qachon, misol uchun, «Namoz o‘qimayapsan, endi ro‘za tutma», deb ham aytmaydi hech qaysi ulamo. «Ro‘za tutyapsan ekan, shu kifoya qiladi. Namoz o‘qimasang ham bo‘laveradi», degan narsani ham hech kim aytmaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud.

Shuningdek