Dollar yana 12 100 so‘mdan oshdi: 18-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
17-mart kuni dollar 9,59 so‘mga oshdi va 12 091,22 so‘mni tashkil etdi
18-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: depositphotos

18-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

11-martdan 16-martga qadar dollarda faqat tushish qayd etildi. Xususan, 11-mart kuni dollar 33,12 so‘mga tushib, 12 158,13 so‘mni, 12-mart kuni 22,37 so‘mga tushib, 12 135,76 so‘mni, 13-martda 33,37 so‘mga tushib, 12 102,39 so‘mni va 16-mart kuni yana 20,76 so‘mga tushib, 12 081,63 so‘mni qayd etdi. 17-mart kuniga kelib 9,59 so‘mga oshdi va 12 091,22 so‘mni tashkil etdi. 

Oxirgi besh kunlikdagi o‘zgarish

Grafik Chat GPT yordamida tayyorlandi / Kursiv Uzbekistan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 124,53 so‘mga oshib, 13 968,98 so‘mni, rubl 1,17 so‘mga tushib, 147,99 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek