18-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
18-mart 20:00 gacha amal qiladi

18-mart kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryoning ayrim hududlari va tog‘li joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik shakli |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 19–21° iliq | 6–8° iliq | Yo‘q |
| Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati | 13–18° iliq | 2–7° iliq | Yo‘q |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 13–18° iliq | 5–10° iliq | Yo‘q |
| Toshkent, Sirdaryo viloyatlari | 17–22° iliq | 5–10° iliq | Yo‘q |
| Jizzax, Samarqand viloyatlari | 17–22° iliq | 5–10° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 13–18° iliq | 7–12° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 15–20° iliq | 5–10° iliq | Yo‘q |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 5–10° iliq | 0–5° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor, tuman; sel-suv toshqin xavfi bor |