Moskva moda haftaligida Maryam Tillayeva podiumga chiqdi — foto

18-mart 2026 10:41 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Solangel / Instagram

Moskvada o‘tayotgan moda haftaligi doirasida Solangel brendining yangi kolleksiyasi namoyish etildi. Unda Maryam Tillayeva ham podiumga chiqdi.

Unga ko‘ra, 27 yoshli Tillayeva namoyishni ochib bergan bo‘lsa, 20 yoshli Avrora Kiba shou yakunida kelinlik obrazida sahnaga chiqqan.

Yangi kolleksiya konsepsiyasi qadimgi rus ertaklari va folkloriga bag‘ishlangan. Unda tarixiy obrazlar, afsonaviy qahramonlar hamda milliy ramzlar zamonaviy moda va texnologiyalar orqali talqin qilingan.

Tadbir doirasida boshqa dizaynerlar, jumladan, Alyona Akhmadullina namoyishi ham o‘tkazilgan. Unda Aleksandr Rogov, Evelina Khromchenko va Yulia Baranovskaya kabi taniqli shaxslar ishtirok etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Maryam Tillayeva obunachilaridan $5 mlnlik samolyot sotib olishda yordam so‘ragani haqida yozgandi.

Shuningdek