Davlat granti bilan o‘qiganlar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinadi

eʼlon qilindi
Bu muddat ta’lim yo‘nalishiga qarab alohida belgilanadi
Sotsiologiya fani qayta tiklandi va OTMda o‘qitiladi
Foto: Sun’iy intellekt

O‘zbekistonda davlat granti asosida o‘qigan talabalar uchun yangi o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi yangi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasiga e’lon qildi.

Unga ko‘ra, grant asosida o‘qigan bitiruvchilarni majburiy ishlash muddati endi qat’iy 3 yil qilib belgilanmaydi. Bu muddat ta’lim yo‘nalishiga qarab alohida belgilanadi.

Shuningdek, nizomda bitiruvchilarni ishga taqsimlash tartibi aniqlashtirildi. Unga ko‘ra, talabalar o‘qishni tugatgach, ta’lim muassasalari va tashkilotlarga majburiy ishga yo‘naltiriladi.

Hujjatda ayrim atamalar ham o‘zgartirildi. Masalan, «doimiy yashash joyi» iborasi «yashash joyi» bilan almashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi joriy etilishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, reytingni Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi yuritadi. Davlat va nodavlat OTMlar esa bir qator toifalar bo‘yicha milliy reytingga kiritiladi.

Shuningdek