Vodiyda metan «zapravka»lar 19-martdan uzluksiz ishlaydi

eʼlon qilindi
Boshqa hududlardagi metan zapravkalar allaqachon uzluksiz ishlamoqda
11-fevraldan metan "zapravka"lar odatdagi ish rejimiga qaytadi
Foto: Energetika vazirligi

Farg‘ona vodiysidagi metan zapravkalar 19-martdan boshlab uzluksiz ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

«Vodiy viloyatlaridagi metan «zapravkalar» faoliyati bosqichma-bosqich tiklanmoqda va ertadan uzluksiz ishlay boshlaydi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, respublikaning boshqa hududlaridagi metan zapravkalar allaqachon uzluksiz ishlayotgani ta’kidlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sovuq ob-havo sabab metan «zapravka»lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek