Qimmatli qog‘ozlar chiqarish hajmi 24,2 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Umumiy hajm 269,1 trln so‘mni tashkil etdi
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda qimmatli qogʻozlar chiqarilishining umumiy hajmi 269,1 trln soʻmni tashkil etib, o‘tgan yildagiga nisbatan 24,2 foiz oʻsdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2025-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston kapital bozorining umumiy hajmi 284,6 trln so‘mga yetdi. O‘tgan yilda Agentlik tomonidan sohalarni tartibga solish bo‘yicha jami 2 ta qonun, 3 ta Prezident hujjatlari va 3 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilingan. Shuningdek, huquqiy bazani takomillashtirish doirasida 23 ta idoraviy hujjat tasdiqlangan.

Shuningdek, korporativ obligatsiyalar hajmi qariyb uch barobarga oshib, 4 trln so‘mgacha yetgan. «Toshkent» respublika fond birjasidagi bitimlar hajmi 2023-yildagi 2,9 trln so‘mdan 2025-yil yakunida 17,6 trln so‘mga (610 foizga) ko‘tarildi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu o‘sishga Free of Payment (FoP) savdo maydonining joriy etilishi asosiy omil bo‘lgan.

«Tartibga solish qumdoni» maxsus rejimida Raiffeisen Bank International, Bank of Georgia va OTP Bank kabi 6 ta yirik xorijiy ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son farmonga asosan ushbu rejim muddatsiz maqomga ega bo‘lib, unga O‘zbekiston rezidentlari uchun ham kirish imkoniyati ochildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Kapital sug‘urta» aksiyalari bo‘yicha savdolar yana tiklangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek