O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

eʼlon qilindi
17 ta yuk avtomashinasida
O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi / Foto: O‘zA

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Yordam «Ayritom» chegara-bojxona posti orqali 17 ta yuk avtomashinasida yetkazildi. Beg‘araz yordam tarkibida un, guruch, shakar, tushyonka, makaron, yog‘ va tez tayyorlanadigan taomlar kabi 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, 20 tonna turli to‘qimachilik buyumlari hamda 500 – 1000 litr suv saqlash idishlari o‘rin oldi.

Foto: O‘zA

Ushbu insonparvarlik ko‘magi Afg‘on xalqining oziq-ovqat va kundalik ehtiyojlarini qoplashga xizmat qiladi hamda mamlakatlararo do‘stona aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Eronga insonparvarlik yordamini jo‘natgan edi. Unda Eron xalqiga un, guruch, shakar, makaron, kungaboqar yog‘i hamda turli konservalar yuborilgan.

Shuningdek