Ko‘zga dori tomizsa ro‘za ochiladimi

eʼlon qilindi
Fatvo markazi bosh mutaxassisi Abdug‘ofur domla Niyozqulov javob berdi
Ko‘zga dori tomizsa ro‘za ochiladimi
Foto: Eye on Evanston

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi Abdug‘ofur domla Niyozqulov «Ko‘zimga dori tomizaman, bir tomchidan har bir ko‘zimga 12 soat vaqt oralig‘ida qat’iy tomizishim kerak, bir kunda ikki marta. Ozgina vaqtdan so‘ng bu dorining ta’mi tomizganimdan keyin tomog‘imga keladi. Shunda ro‘zam ochilmaydimi?» degan fuqaroning savoliga quyidagicha javob berdi:

«Hanafiy ulamolar asli o‘zi eski fatvo kitoblarimizda aytadiki, ko‘zga dori qo‘ysa, ro‘za ochilmaydi, deydi. Ochiq keladi bu. Lekin boshqa mazhablarda ro‘za ochiladi, deydi. Va bugungi kunda zamonaviy tibbiyot ham ko‘z orqali burunga, halqumga yo‘l borligini ta’kidlashyapti. Ana shu e’tibordan bugungi kunda ulamolarimiz aytayaptilarki, agar ro‘zador odam ko‘ziga dori qo‘yishlik ehtiyoji bo‘lsa va buni kunduz kuni albatta qo‘yishlik shart bo‘lsa, qo‘ysin. Lekin ro‘zam ochilib ketdi, demasin, balki ro‘zador holatda yana davom etsin-da, Ramazondan keyin mana shu holat necha kun davom etgan bo‘lsa, ehtiyotan o‘sha kunlarning qazosini tutib qo‘ysin, deydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Ramazonda suvsizlanishning oldini qanday olish mumkinligi haqida yozgandi. Unga ko‘ra, saharlikdan keyin 250 – 300 ml suv ichish tavsiya etiladi. Bu organizmga ro‘za davomida zarur bo‘lgan zaxira suyuqlikni beradi.

Hududlar kesimida saharlik va iftorlik vaqtlaridagi farqni @fatvouz_taqvim_bot telegram boti orqali aniqlash mumkin. Bot orqali yashash hududingizni tanlab, aniq vaqtlarni bilish imkoni mavjud. 

Shuningdek