Pokiston Afg‘onistonga qarshi harbiy operatsiyasini vaqtincha to‘xtatdi

Pokiston Afg‘onistondagi terrorchilar va ularning infratuzilmalariga qarshi olib borilayotgan Ghazab-lil-Haq operatsiyasini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda Pokiston Axborot va radioeshittirish federal vaziri Attaullah Tarar rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Bu chora Ramazon hayiti munosabati bilan qabul qilingan bo‘lib, qaror Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya tomonidan bildirilgan so‘rovlar asosida amalga oshiriladi.
Vaqtincha to‘xtatish bugun 18-mart tunidan 23-mart tungacha amal qiladi. Pokiston ushbu chorani Islomiy odatlarga muvofiq va tinchlik niyatida bildirgan.
Biroq agar chegaradan o‘tuvchi hujum, dron zarbasi yoki Pokistonda har qanday terror xuruj yuz bersa, Ghazab-lil-Haq operatsiyasi darhol kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pokiston hujumi oqibatida Afg‘onistondagi shifoxonada 400 kishi halok bo‘lgani haqida yozgandi.