Afg‘onistonda Ramazon hayiti 19-martga belgilandi

eʼlon qilindi
Hayit sanasi Hilmand, Farah va G‘or viloyatlarida yangi oy ko‘ringani uchun belgilangan
Foto: afghanistan.asia-news.com

Afg‘onistonda Ramazon hayiti bugun, 19-mart kuni nishonlanishi rasman e’lon qilindi. Tegishli qaror 18-mart kuni mamlakat Oliy sudi tomonidan qabul qilingan.

Ma’lum qilinishicha, hayit sanasi Hilmand, Farah va G‘or viloyatlarida yangi oy ko‘ringani haqidagi kuzatuvlarga asoslangan holda belgilangan. Shu asosda diniy me’yorlarga muvofiq hayit kuni aniqlangan.

Shu bilan birga, Pokiston tomoni ham bayram munosabati bilan Afg‘onistonga nisbatan olib borilayotgan harbiy operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatdi. Rasmiylarga ko‘ra, bu qaror Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya iltimosi bilan qabul qilingan bo‘lib, 18-martdan 24-martga qadar amal qiladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda Ramazon hayiti sanasi rasman belgilangani haqida yozgandi.

Shuningdek, Nega bu yilgi Ramazon oyi 29 kun bo‘lganini tushuntirgandik.

Dunyo mamlakatlarida vaqt hisoblash turli taqvimlarga asoslangan. Milodiy taqvim keng qo‘llanilsa, islom olamida hijriy-qamariy taqvim – Oy fazasiga bog‘liq tizim ishlatiladi. Yangi hilol ko‘ringan kundan keyingi kun yangi oyning boshlanishi hisoblanadi. Shu sabab, qamariy oylar 29 yoki 30 kun davom etadi, yil esa 354 – 355 kundan tashkil topadi.

Shuningdek