1-maydan davlat idoralarida qog‘ozbozlikni qisqartirish majburiy bo‘ladi

eʼlon qilindi
1-iyuniga qadar barcha tashkilotlarda ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatiladi
Foto: Getty Images

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qog‘ozdan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha yangi choralar belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, shu yilning 1-iyuniga qadar barcha tashkilotlarda ishlatilgan qog‘ozlarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatiladi va ularni qayta ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, har bir bo‘linmada xodimlar soni va real ehtiyojdan kelib chiqib, qog‘oz sarfiga aniq cheklovlar joriy etiladi.

Shuningdek, 1-maydan boshlab esa yanada qat’iy tartiblar amal qiladi. Jumladan, kelgusi 5 yil davomida smetalar tuzishda qog‘oz, siyoh va ofis texnikalariga ajratiladigan mablag‘lar har yili 15 foizga kamaytirib boriladi.

Bundan tashqari, printerlardan markazlashgan holda foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yiladi – ochiq ofislarda har 20 nafar xodimga 1 ta printer ajratiladi.

Shu bilan birga, har oyda bir marta «Qog‘ozsiz bir kun» ekoaksiyasi o‘tkazilib, hujjat almashinuvi imkon qadar raqamli shaklga o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklarda buxgalteriya hisobi endi elektron tizimlar orqali ham yuritilishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek