O‘zbekistonda 48 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘ldi

eʼlon qilindi
2025-yilda mamlakatda jami 879 mingdan ortiq chaqaloqlar dunyoga kelgan
Foto: UzA

2025-yilda O‘zbekistonda jami 879 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. E’tiborli jihati, 48 nafar erkak 70 yoshdan oshganda, 12 mingdan ortiq ayol esa 40 yoshdan keyin farzand ko‘rgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Statistikaga ko‘ra, ota bo‘lganlarning mutlaq ko‘pchiligi 25 – 39 yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi — 718,7 ming nafar. Shuningdek, 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar orasida 97,9 mingta, 40 – 59 yoshdagi erkaklar orasida 62 ,2 mingta hamda 60 yoshdan oshganlar orasida 638 ta ota bo‘lish holati kuzatilgan.

Onalarning yosh ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, chaqaloqlarning asosiy qismi, ya’ni 58,2 foizi (512 ming nafar) 25 – 39 yoshdagi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 25 yoshgacha bo‘lgan onalar 40,4 foiz (355 ming nafar)ni, 40 yosh va undan katta onalar esa 1,4 foiz (12,4 ming nafar)ni tashkil etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek