O‘zbekistonda Hayit namozi vaqtlari e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Hududlarga qarab vaqtlar biroz farq qiladi

Musulmonlar idorasi 20-mart kuni Ramazon hayiti namozi qaysi vaqtda o‘qilishini ma’lum qildi. Hududlarga qarab vaqtlar biroz farq qiladi.
Hayit namozi vaqtlari
| Hudud | Vaqt |
|---|---|
| Andijon viloyati | 06:40 |
| Farg‘ona viloyati | 06:40 |
| Namangan viloyati | 06:40 |
| Toshkent shahri | 06:50 |
| Toshkent viloyati | 06:50 |
| Sirdaryo viloyati | 06:55 |
| Jizzax viloyati | 07:00 |
| Samarqand viloyati | 07:00 |
| Navoiy viloyati | 07:05 |
| Buxoro viloyati | 07:05 |
| Qashqadaryo viloyati | 07:05 |
| Surxondaryo viloyati | 07:05 |
| Xorazm viloyati | 07:25 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 07:30 |
Namozlar masjidlarda ushbu vaqtlarda jamoat bilan o‘qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 400 ga yaqin shaxs afv etilgani haqida xabar berilgandi. Afv etilganlarning 223 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi. 82 nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. 34 nafar shaxsning jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Yana 53 nafarining jazo muddati qisqartirildi.