Bayram kunlarida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
19–25-mart kunlari
Nukus — Urganch yo‘nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshirildi 26-dekabrdan
Bayram kunlarida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Transport vazirligi

Ramazon hayiti va Navro‘z umumxalq bayramlari arafasida aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Xususan, 19–25-mart kunlari davomida yo‘lovchilar oqimining oshishi inobatga olinib, jami 25 mingta qo‘shimcha yo‘lovchi o‘rni yaratiladi. Shu kunlarda yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poyezdlari uchun ham qo‘shimcha reyslar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 19–21-mart kunlari Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida 6 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi. Shuningdek, 19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari Toshkent — Buxoro — Toshkent yo‘nalishida ham qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘nalishQo‘shimcha reyslarQo‘shimcha vagonlarQatnov kunlari
Toshkent – Samarqand – Toshkent6 reys19–21 mart kunlari
Toshkent – Buxoro – ToshkentQo‘shimcha qatnovlar4 vagon (Sharq yo‘nalishi)19, 20, 21, 22, 23, 25-mart
Toshkent – Xiva – Toshkent4 vagon19–25 mart kunlari
Toshkent – Shovot – Toshkent4 vagon19–25 mart kunlari
Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent4 vagon19–25 mart kunlari
Toshkent – Termiz – Toshkent4 vagon19–25 mart kunlari

Bundan tashqari, 19–25-mart kunlari qator yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha vagonlar ulanishi ko‘zda tutilgan. Xususan, Toshkent – Xiva – Toshkent, Toshkent – Shovot – Toshkent, Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent, Toshkent – Termiz – Toshkent hamda Toshkent – Buxoro – Toshkent (Sharq) yo‘nalishlarida har bir poyezd tarkibiga 4 tadan qo‘shimcha vagon ulanadi. Ushbu qo‘shimcha vagonlar orqali jami 21,5 ming nafar yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki temir yo‘l kassalari orqali xarid qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bayram kunlari Toshkent metrosi bir soat oldin ish boshlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek