Bayram arafasida poytaxtdan 28 ta shaharga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi

eʼlon qilindi
Kuniga 70 dan ortiq qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi
Bayram arafasida poytaxtdan 28 ta shaharga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi
Bayram arafasida poytaxtdan 28 ta shaharga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi / Foto: President.uz

Navro‘z bayrami va Ramazon hayiti arafasida Toshkent shahridan respublika bo‘ylab shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

«Toshkent» avtovokzalidan amaldagi reyslardan tashqari har kuni 70 dan ortiq qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu orqali yo‘lovchilar Zomin, Samarqand, Jarqo‘rg‘on, Buxoro, Qorako‘l, Mirbozor, Navoiy, Jo‘sh, Nurota, Zarmitan, Zarafshon, Xatirchi, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq, Kadan, Payariq, Shahrisabz, Qarshi, G‘uzor, Sherobod, Termiz, Denov, Uzun, Urganch, Xiva, Gurlan, To‘rtko‘l va Nukus shaharlariga qulay yetib borishlari ta’minlanadi.

Yo‘nalishlar jadvali va chipta narxlari avtovokzalning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilingan bo‘lib, chiptalarni «Toshkent» avtovokzali chiptaxonalaridan hamda «UzBus» mobil ilovasi orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Bayram kunlarida ichki turizm va aholining hududlararo harakatlanishga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, yo‘nalishlarda uzluksiz ravishda qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi. Jarayonlarni to‘liq nazorat qilish uchun Transport vaziri topshirig‘iga asosan, vazirning birinchi o‘rinbosari rahbarligida «Toshkent» avtovokzalida tezkor shtab ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramazon hayiti va Navro‘z umumxalq bayrami kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek