Dam olish kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda

eʼlon qilindi
Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kamroq bo‘lishi kutilmoqda
Ob-havo
Foto: depositphotos

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo biroz o‘zgaruvchan bo‘ladi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, ko‘pchilik hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20-mart kuni respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati ertaga 17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

21-martda hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 20-25 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

23 – 24-mart kunlari respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28 daraja iliqqacha bo‘ladi. Harorat, asosan, kechalari 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda qanday ob-havo kuzatiladi

20-martda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 17-19 daraja iliq bo‘ladi. 21-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

23 – 24-mart kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19-mart kuni kechki harorat 0–10° iliq bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi.

Shuningdek