Bayram kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

eʼlon qilindi
19–24 mart kunlari
Uzairways
Bayram kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi / Foto: Uzairways

Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlarida mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviaqatnovlar tashkil etiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

19–24 mart kunlari davomida Uzbekistan Airways, Silk Avia hamda Centrum Air aviakompaniyalari tomonidan Toshkentdan Buxoro, Urganch, Nukus va Termiz shaharlariga jami 24 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.

Shuningdek, aviaqatnovlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida Uzbekistan Airways 19 va 20-mart kunlari Toshkent – Buxoro – Toshkent hamda Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishlarida Airbus A320 o‘rniga kattaroq sig‘imli Boeing 763 samolyotlaridan foydalanadi.

Bundan tashqari, «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan 2026-yil 20–23 mart kunlari amalga oshiriladigan ichki reyslar uchun ekonom va biznes-klass tariflariga 15 foiz chegirma e’lon qilingan. Chegirmali aviachiptalarni 17–23 mart kunlari aviakompaniya savdo filiali, uning agentlari hamda rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bayram kunlarida qo‘shimcha poyezdlar hamda poytaxtdan 28 ta shaharga avtobuslar qatnovi tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek