“Afrosiyob” yangi yo‘nalishdagi qatnovni yo‘lga qo‘yadi
eʼlon qilindi
2026-yil 27-martdan boshlab

2026-yil 27-martdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari yangi yo‘nalishda qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, poyezdlar haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent–Shahrisabz–Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi. Chiptalarni rasmiy savdo kassalari hamda onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.
Jadvalga muvofiq, «Toshkent — Shahrisabz» yo‘nalishida poyezd Toshkent shahridan soat 06:33 da jo‘naydi. «Shahrisabz — Toshkent» yo‘nalishida esa poyezd Shahrisabz shahridan soat 16:24 da harakatlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navro‘z munosabati bilan «Afrosiyob» qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edik.