Ramazon hayiti uchun eng yaxshi tilaklar jamlangan tabriknomalar

19-mart 2026 20:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: iStock

Joriy yil Ramazon hayitining birinchi kuni 20-mart – juma kuniga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan 2026-yil 20-mart kuni O‘zbekistonda Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.

Kursiv Uzbekistan bayramda yaqinlarni xursand qilishning yana bir usulini, ezgu tilaklardan iborat tabriknomalarni sizlar bilan o‘rtoqlashadi.

Tabriknomalarni oilangiz, do‘stlar va yaqinlaringizga jo‘natib, bayram ruhini yanada ko‘taring!

Qutlug‘ kun qalbingizga shukronalik, xonadoningizga baraka va hayotingizga quvonch olib kelsin. Ramazon hayiti muborak!
Qalbingizni shukronalik va quvonch nuri yoritib tursin. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, ushbu quvonchli kun qalblarga mehr, oilalarga totuvlik va hayotga yangi umidlar olib kelsin!
Hayit muborak, Muruvvat va mehr bayrami qutlug‘ bo‘lsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, bu muborak kun sizga yangi umidlar va ezgu niyatlar ro‘yobini olib kelsin!
Muruvvat va mehr oyida qilingan niyatlar ro‘yobini tilaymiz, Ramazon hayiti muborak!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, bu muborak kun sizga yangi umidlar va ezgu niyatlar ro‘yobini olib kelsin!
Oila hamjihatligi, jamiyat birligi, mamlakat rivojida o‘z o‘rningiz bo‘lsin, Ramazon hayiti Muborak!

Avvalroq Kursiv Uzbekistan hayit dasturxonini tayyorlash qanchaga tushishi haqida yozgandi.

Shuningdek