Ramazon hayiti kuni viloyatlarda jamoat transporti ish vaqti ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Mazkur tartib barcha shahar ichidagi hamda shahar atrofi avtobus yo‘nalishlariga tatbiq etiladi
Foto: Transport vazirligi

Ertaga, 20-mart — Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi viloyatlarda jamoat transporti qatnovi odatdagidan ertaroq yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida avtobuslar harakati soat 04:00 dan boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida esa transport vositalari soat 05:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Mazkur tartib barcha shahar ichidagi hamda shahar atrofi avtobus yo‘nalishlariga tatbiq etiladi. Transport tashkilotlari ish grafigini ushbu o‘zgarishlarga moslab qayta shakllantiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bayram kunlari Toshkent metrosi bir soat oldin ish boshlashi haqida yozgandi.

Shuningdek