Xorazmda Navro‘z bayrami qanday nishonlanmoqda — fotoreportaj

21-mart 2026 08:00 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

Navro‘z – yasharish, yangilanish bayrami. Bu yilgi ayyomning debochasini Ramazon hayiti boshlab berdi. Respublikaning barcha hududlarida ikki tantana ko‘taringki ruhda, hamohang tarzda nishonlanmoqda.

Kursiv Uzbekistan muxbiri Xorazmda Navro‘z bayrami qanday nishonlanayotgani, shodiyona ruhini his qilishingiz uchun fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

Navro‘z so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, «yangi kun» degan ma’noni bildiradi. Bunda tun bilan kun tenglashadi, ya’ni tabiatda muvozanat yuzaga keladi. Shu bois ham Navro‘z yangilanish, poklanish va umid ramzi sifatida qadrlanadi.

Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda Navro‘z bayrami keng nishonlanadi. Ushbu kunda odamlar hovli-joylarini tozalab, yangi liboslar kiyib, yaqinlari bilan diydor ko‘rishadi. Mahallalarda hasharlar o‘tkazilib, keksalar holidan xabar olinadi, muhtojlarga yordam beriladi. Bu esa jamiyatda mehr-oqibat va birdamlikni mustahkamlaydi.

Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

Navro‘zning ajralmas an’analaridan biri – milliy taomlar tayyorlash. Xususan, sumalak pishirish marosimi alohida ahamiyatga ega. Ayollar bir necha soat davomida qozon atrofida jam bo‘lib, qo‘shiq aytib, niyatlar qilishadi. Bundan tashqari, halim, ko‘ksomsa, palov kabi taomlar ham dasturxonga tortiladi.

Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

Bayram kunlari mamlakat bo‘ylab turli madaniy tadbirlar, xalq sayillari, sport musobaqalari tashkil etiladi. Milliy o‘yinlar, folklor chiqishlari va konsert dasturlari Navro‘zga o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi.

Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan
Foto: Lobar Turayeva / Kursiv Uzbekistan

Navro‘z nafaqat bayram, balki insonlarni yaxshilikka, bag‘rikenglikka undovchi qadriyatdir. U tabiatga hurmat, oila va jamiyatga mehr bilan qarashni eslatadi. Shu bois Navro‘z bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bebaho meros sifatida e’zozlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Navro‘zda qayerga sayohat qilish mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek