«Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumida qariyb 2 mingta loyiha gʻolib deb topildi

eʼlon qilindi
Ovoz berish jarayonlarida mamlakat bo‘ylab jami 10 mln 284 mingta ovoz qayd etilgan
Foto: depositphotos.com

«Tashabbusli budjet» loyihasining 2026-yilgi birinchi mavsumi yakunlari e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi malum qildi.

Ta’kidlanishicha, ovoz berish jarayonlarida mamlakat boʻylab jami 10 mln 284 mingta ovoz qayd etilgan. Yakuniy natijalarga koʻra, 1996 ta loyiha gʻolib deb topildi. Shundan 1 980 tasi an’anaviy, 16 tasi esa sheriklik loyihalaridir.

Vazirlik jarayonda faol qatnashgan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, aholini keyingi mavsumlarda ham faol ishtirok etishga chaqirdi.

Gʻolib loyihalar bilan «Ochiq budjet» portalida tanishish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan majburiy ovoz yigʻilgan loyihalar «Open budjet»dan chetlatilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek