O‘tgan 7 kunda qanday yangiliklar yuz berdi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan ortda qolgan haftada O‘zbekiston va xalqaro maydonda yuz berayotgan yangiliklarni bir joyga jamladi
Foto: Getty Images

Kursiv Uzbekistan ortda qolgan haftada O‘zbekiston va xalqaro maydonda yuz berayotgan yangiliklarni bir joyga jamladi.

Mart oyining ikkinchi yarmida aholi tabiiy gazni arzonlashtirilgan narxda oladi

Aholi mart oyining ikkinchi yarmida tabiiy gazni arzonlashtirilgan narxda oladi

Aholi mart oyining ikkinchi yarmida tabiiy gazni arzonlashtirilgan narxda oladi / Foto: Fo-energie

Mart oyining ikkinchi yarmida respublika aholisi 50 kub metr tabiiy gaz uchun 1 ming so‘mdan to‘lov amalga oshiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. Mart oyining boshida havo haroratining keskin soviganini inobatga olib, isitish mavsumida tabiiy gaz uchun belgilangan oylik bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirilgan edi. «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, 16 – 20-mart kunlari respublika hududlarida o‘rtacha havo harorati kunduzi +22°С, kechasi esa +10°С bo‘lishi kutilmoqda.

«Oskar – 2026» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Foto: The Hollywood Reporter

16-martga o‘tar kechasi Los-Anjelesdagi Dolby teatrida Amerika kinoakademiyasining 98-«Oskar» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda nominatsiyalar soni 24 taga kengaytirildi va g‘oliblarga topshirildi. Pol Tomas Andersonning «Jang ortidan jang» filmi eng muvaffaqiyatli loyiha bo‘ldi. Kartina «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi montaj» hamda «Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy» yo‘nalishlarida g‘olib chiqdi.

Park in Mall faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Yong‘indan keyin Park in Mall faoliyati to‘xtatildi

Foto: Yandex

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan Park in Mall oilaviy savdo-ko‘ngilochar markazi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni markazning uchinchi qavatidagi xonalarning birida yong‘in sodir bo‘lgan edi. FVVga ko‘ra, hodisa xonaning ichidagi jihozlarda yuz bergan. Jarohatlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga binoda ijarada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan elektr simlaridan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Samsung Galaxy S26 Ultra egalariga 250 dollargacha kompensatsiya taklif qilmoqda

Samsung Galaxy S26 Ultra’da yangi Ocean Mode paydo bo‘ldi

Foto: Sammobile

AQShda Samsung Galaxy S26 Ultra xaridorlari kompaniya qo‘llab-quvvatlash xizmati ularga pul taklif qilayotganini aytmoqda. Agar foydalanuvchi smartfonni qaytarmaslikka rozi bo‘lsa, Samsung $250 gacha kompensatsiya berishi mumkin.

Foydalanuvchilar buning uchun support xizmatiga murojaat etib, qurilmadan norozi ekanini bildirganini aytmoqda. Shundan so‘ng ularga pul taklif qilingan.

Toshkent shahrida «Aqlli» bekatlar o‘rnatiladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish doirasida «Aqlli» bekatlar joriy etiladi. Innovatsion bekatlarda yo‘lovchilar xavfsizligi va qulayligiga asosiy e’tibor qaratilgan. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar bermoqda.

Yangi bekatlarning har biri markazlashgan kuzatuv tizimiga ulangan ikkita videokamera bilan jihozlanadi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda foydalanish uchun maxsus SOS tugmalari o‘rnatiladi. Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun alohida qulayliklar yaratilib, maxsus kutish joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

2026-yilgi Chevrolet Onix haqida yangi tafsilotlar e’lon qilindi

Foto: Gm

General Motors Braziliyada taqdim etiladigan 2026-yilgi Chevrolet Onix Activ subkompakt avtomobilining yangi outdoorsy versiyasi boshlang‘ich darajadagi krossoverlarga muqobil sifatida ishlab chiqildi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar berdi.

GM Janubiy Amerika bo‘limiga ko‘ra, Onix Activ foydalanuvchilarga oshirilgan yer balandligi, yangilangan suspenziya va shaharda qulay harakatlanish imkoniyatini taqdim etadi. Bu model Chevrolet krossoverlari qatoriga kirish nuqtasi sifatida xizmat qiladi va kompaniyaning utility vehicle liniyasini yangilashga yordam beradi

Toshkent — Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd 2-maydan ishga tushiriladi

Qamchiq va Darband dovonlaridan o‘tgan temir yo‘llarga Koreyadan tezyurar poyezdlar xarid qilinadi
Foto: Railway technology

2-maydan boshlab Toshkent va Xiva shaharlarini bog‘laydigan «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga jurnalistlarga bergan intervyusida xabar berdi.

Poyezd Hyundai Rotem kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, soatiga 260 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Tarkibida yetti vagon mavjud bo‘lib, ularning uzunligi 175 metrni tashkil etadi va uchta toifadagi yo‘lovchilarni qabul qiladi: VIP, biznes va ekonom – jami taxminan 390 kishi.

23-martdan Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi

Bayram arafasida poytaxtdan 28 ta shaharga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi
Foto: President.uz

23-martdan boshlab Toshkent — Chorbog‘ yo‘nalishida avtobus qatnovi yana ishga tushiriladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ xabar berdi.

Unga ko‘ra, avtobus «Mashinasozlar» metrosidan Humson qo‘rg‘onigacha harakatlanadi.

Yo‘nalishga zamonaviy MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ular 47 o‘rinli bo‘lib, konditsioner va qulay o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Yo‘l haqi 25 ming so‘m etib belgilangan.

Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida 400 ga yaqin shaxs afv etildi

2025-yilda Oʻzbekistonda 19 ming nafarga yaqin shaxs ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: Komsomolskaya Pravda

Prezident farmoni bilan qilmishidan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Afv etilganlarning 223 nafari jazodan to‘liq ozod qilindi. 82 nafari muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. 34 nafar shaxsning jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Yana 53 nafarining jazo muddati qisqartirildi.

Yangi Chevrolet Spark EUV narxi arzonlashdi

Yangi Chevrolet Spark EUV narxi arzonlashdi

Foto: GM Authority

General Motors Meksikada 2026-yilgi Chevrolet Spark EUV elektromobilining narxini pasaytirdi. GM Authority yozishicha, bu qaror Xitoy brendlari bilan kuchli raqobat fonida qabul qilingan.

Endi model narxi 419 900 peso ($23,6 ming) etib belgilandi. Bu avvalgi 449 900 peso ($25,3 ming)ga nisbatan 30 ming peso ($1,7 ming)ga arzon.

Bayram va dam olish kunlari shifoxonalar uzluksiz ishlaydi

Foto: SSV

Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari tibbiyot muassasalari faoliyati to‘xtamaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, buning uchun maxsus shtab tashkil etildi.

Xususan, 20 – 23-mart kunlari barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan markazlar va klinikalar navbatchilik asosida ishlaydi. 20 mingga yaqin tibbiyot xodimlari aholi uchun xizmat qiladi.

Baxt reytingi: Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida ikkinchi oʻrinni egalladi

Baxt reytingi: Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida ikkinchi oʻrinni egalladi

Foto: depositphotos

O‘zbekiston World Happiness Report reytingida 53-o‘rinni saqlab qoldi. Mamlakatning o‘rtacha hayotdan qoniqish darajasi 10 ballik tizimda 6,283 ballni tashkil etdi.

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda baxtlilikka eng katta ta’sir qiluvchi omil ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Bu omil umumiy bahoning 24 foizini tashkil etadi. Aholining bir-biriga yordami yuqori darajada ekani qayd etilgan.

«Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumida qariyb 2 mingta loyiha gʻolib deb topildi

Foto: Foto: depositphotos.com

«Tashabbusli budjet» loyihasining 2026-yilgi birinchi mavsumi yakunlari e’lon qilindi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi malum qildi.

Ta’kidlanishicha, ovoz berish jarayonlarida mamlakat boʻylab jami 10 mln 284 mingta ovoz qayd etilgan. Yakuniy natijalarga koʻra, 1996 ta loyiha gʻolib deb topildi. Shundan 1 980 tasi an’anaviy, 16 tasi esa sheriklik loyihalaridir.

Eron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtish uchun toʻlov joriy qildi — manba

Foto: TASS

Eron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtuvchi kemalar uchun toʻlov joriy etdi va tasdiqlangan tashuvchilar uchun «xavfsiz dengiz yoʻlagi»ni ishga tushirdi. Bu haqda Lloydʼs List nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, kamida bitta tanker tranzit uchun qariyb $2 mln toʻlanadi. Ushbu sxema orqali hozirgi kunga qadar kamida toʻqqizta kema oʻtgan. Biroq ularning barchasi toʻlov qilganmi yoki yoʻq, bu aniq emas. Ayrim holatlarda diplomatik yoʻl bilan masala hal etilgani aytilmoqda.

Chimyon, Amirsoy va Chinorkentga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi — yo‘lkira 10 ming so‘m

Toshkent viloyatidagi Chimyon, Amirsoy va Chinorkent kabi mashhur dam olish maskanlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 21-martdan boshlab 324 va 325-sonli yangi mikroavtobus yo‘nalishlari ishga tushirildi. Ushbu yo‘nalishlar tog‘li hududlardagi asosiy turistik manzillarni o‘zaro bog‘laydi.

«Malika» bozorida iPhone 17 modellari qanday narxda sotilmoqda

Toshkentdagi «Malika» bozorida iPhone 17 liniyasiga oid yangi narxlar e’lon qilindi. Bozorda turli konfiguratsiya va rangdagi modellarga talab yuqori bo‘lib, narxlar xotira hajmi va model turiga qarab sezilarli farq qilmoqda. Kursiv Uzbekistan ushbu narxlarni yaqindan o‘rgandi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, nisbatan eng arzon variantlar iPhone 17 (oddiy model)dan boshlanadi. Masalan, 256GB xotirali versiyalar taxminan 12 mln so‘m atrofida sotilmoqda. Rangiga qarab narx biroz o‘zgaradi: Black, White, Blue va boshqa ranglar orasida kichik tafovut bor.

Shuningdek