Turkiyada to‘rtinchi qavatdan tushib ketgan o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

eʼlon qilindi
22 yoshli Sevdora Hakimjonova
Foto: Caglayan

Turkiyaning Izmir shahrida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida o‘zbekistonlik yosh ayol hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli Sevdora Hakimjonova 17-mart kuni ko‘p qavatli uy yuqorisidan qulab tushgan va og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlar bir necha kun davomida uning hayoti uchun kurashgan bo‘lsa-da, ko‘rilgan choralar natija bermagan.

Diplomatik vakolatxona hozirda marhumaning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni olib bormoqda. Rejaga ko‘ra, u Istanbuldan Andijonga amalga oshiriladigan aviareys orqali yurtga olib kelinadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma Turkiya fuqarosi bilan oila qurgan bo‘lib, ular Namangan viloyatining Chust tumanida shar’iy nikohdan o‘tgan, biroq rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Er-xotin Izmirda qarindoshlari bilan birga yashab kelgan.

Hodisa yuzasidan Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi ochilgan. Ayni paytda voqea tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» nashri Turkiyada o‘ldirilgan yana bir ayolning jasadi O‘zbekistonga olib kelingani haqida yozgandi. 

Shuningdek